“Vatandosh” O’zbek-Amerika Federatsiyasi Haqida

“Vatandosh” O’zbek-Amerika Federatsiyasi nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lib, Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qiluvchi o’zbekistonliklar jamiyati hisoblanadi.

Vatandoshlarimizni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, o‘zbek milliy qadriyatlari, urf-odatlarini asrab-avaylash, o‘zbek tilini ommalashtirish, O‘zbekistonni keng jamoatchilikka tanitish federatsiya o’z oldiga qo’ygan muhim maqsadlar hisoblanadi.

Federatsiyaning yuqorida tilga olingan umumiy maqsadlar doirasida amalga oshiradigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

● Vatandoshlar o‘rtasida milliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;
● Amerikaga kelgan hamyurtlarimizning ushbu mamlakat jamiyatiga moslashuviga ko‘maklashish;
● Milliy bayramlar munosabati bilan xayriya, bayram marosimlarini o’tkazish, vatandoshlar uchun sayllar tashkil etish;
● Yosh vatandoshlarimizning turmush qurishlariga ko‘maklashish;
● Vatandoshlarimiz qiyin ahvolga tushib qolgan (sog‘liq, o‘lim yoki huquqiy muammolar bilan bog’liq) hollarda, ular uchun xayriya mablag‘lari yig‘ish va bu mablag’larni maqsadli sarflash choralarini ko‘rish;
● O‘zbek tili, madaniyati, tarixi va urf-odatlarini AQShda targ‘ib qilish choralarini
ko‘rish;
● Til kurslarini tashkil qilish;
● Milliy san’atimizga daxldor to‘garaklar tuzish;
● Qonun bilan taqiqlanmagan, Amerikadagi vatandoshlar foydasiga xizmat qiladigan boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish.

Federatsiya o‘z faoliyatida qonuniylik, oshkoralik va o‘zaro hurmat prinsiplari asosida ish olib boradi. Federatsiya o‘z ixtiyoridagi mablag‘larni oshkora, shaffof tasarruf etadi. Federatsiya yig‘ilgan mablag‘lar va ularning sarfi haqidagi axborotni o‘z rasmiy saytida e’lon qilib boradi.

Biz barcha vatandoshlarimizni federatsiyaga a’zo bo’lib, umumxalq manfaati yo’lidagi xayrli ishlarda faol ishtirok etishga chaqiramiz.